Men 2026-yilgi aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonida faol ishtirok etdim va buni tasdiqlovchi rasmiy sertifikatga ega bo‘ldim.
Mazkur xatlov natijalari tumanimizni rivojlantirish, ijtimoiy soha, infratuzilma, ta’lim, sog‘liqni saqlash hamda qishloq xo‘jaligi bo‘yicha aniq va manzilli qarorlar qabul qilishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Har bir xonadon, har bir fuqaroning ishtiroki — ertangi taraqqiyotimizning mustahkam kafolatidir.
Shu munosabat bilan siz, hurmatli fuqarolarni, mazkur muhim jarayonda faol ishtirok etishga, savollarga to‘liq va haqqoniy javob berishga chaqiraman. Bu — nafaqat fuqarolik burchi, balki farzandlarimiz kelajagi oldidagi mas’uliyatimizdir.
Keling, birgalikda tumanimiz va yurtimiz ravnaqi yo‘lida mas’uliyat bilan harakat qilaylik.
Flora Xolmuratova - Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati