Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati U. Raximjonov tomonidan o‘ziga biriktirilgan Xonabod mahallasidagi rekonstruksiya qilinayotgan 15-maktab binosi o‘rganildi. Ayni paytda obyekt hududida 52 nafar quruvchi ishchilar tomonidan ta’mirlash va yangilash ishlari olib borilmoqda. Mazkur ishlar maktab infratuzilmasini yaxshilash va o‘quvchilar uchun yanada qulay sharoit yaratishga qaratilgan.