Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#jamoatchilik nazorati#o'rganish

🔰Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Oybek Qurolboyev tomonidan shahardagi "Oydin" dehqon bozorida aholining kundalik ehtiyoji uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari narxlari va ularning mavjudligi holati o‘rganildi.

♻️O‘rganish jarayonida bozor rastalaridagi go'sht mahsulotlarning sifati, narx-navosi va savdo sharoitlari hamda aholiga yetarli miqdorda taqdim etilayotganligi yuzasidan monitoring olib borildi.

🔰Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — aholining iste’mol savatchasiga kiradigan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha narxlar barqarorligini ta’minlash, sog‘lom raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlash va fuqarolarga qulay savdo sharoitlarini yaratishdan iboratdir.