Yangiliklar

Doimiy komissiya yig‘ishi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati majlislar zalida xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish maqsadida Xalq deputatlari shahar Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash va huquqiy masalalar bo‘yicha” doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kun tartibida Geografik obyektlarga nom berish masalalarini Muvofiqlashtiruvchi shahar komissiyasining shahardagi mavjud nomsiz hamda nomlari takrorlangan ko‘chalarga tavsiya etilgan nomlarni ko‘rib chiqish va nomlash to‘g‘risidagi masala muhokama etildi.  

Slide 1 of 5