Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi kotibiyati majlislar zalida shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha”doimiy komissiyaning yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilish kun tartibida, shaharda sanitar-epidemiologik holat, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketilishi, yoshlar salomatligiga zararli bo‘lgan “fast food” mahsulotlari hamda gazlangan energetik ichimliklarni maktablar atrofida hamda ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan joylarda sotish doirasida taomlar sifati hamda sanitariya talablariga qatʼiy rioya etilayotganlik holatining nazorati to‘g‘risida Jizzax shahar SEO va JSB boshlig‘ining hisoboti tinglandi.