Unda deputatlar o‘z hududlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, aholi bilan ishlash tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishdagi yondashuvlar yuzasidan o‘zaro fikr va tajriba almashdilar.
🛡 Shuningdek, mehmonlarga Kengash kotibiyati xodimlarining kundalik faoliyati, hujjat aylanishi, murojaatlar bilan ishlash tartibi va deputatlik nazoratini amalga oshirish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
🗣️ Shundan so‘ng, delegatsiya a’zolari Olmazor tumanida joylashgan “G‘alaba” bog‘iga tashrif buyurishdi. Bu yerda mehmonlarga bog‘ning tarixiy ahamiyati, yaratilgan sharoitlar va yurtdoshlarimiz uchun vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga xizmat qiluvchi jihatlari haqida mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar berildi. Bog‘ hududidagi yodgorlik majmuasi, obodonlashtirish ishlari va fuqarolar uchun yaratilgan imkoniyatlar namoyish etildi.