Monitoring jarayonida qarorda belgilangan ustuvor vazifalarning amalda ijrosi, xususan, maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilar malakasini yuksaltirish hamda bolalarning har tomonlama barkamol bo‘lib ulg‘ayishi uchun yaratilayotgan sharoitlar o‘rganib chiqildi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘quv jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish, bolalarni maktab ta’limiga puxta tayyorlash hamda o‘quvchilar bilimini nazorat qilishda samarali usullarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.