Dastlab ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi ko‘rib chiqilib, sinf xonalari, isitish tizimlari va boshqa sharoitlar o‘rganildi. Bu jarayonda mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi va bajarilishi zarur bo‘lgan ishlar bo‘yicha joyida tavsiyalar berildi.
Shuningdek, mazkur maktablarda Biologiya, Ximiya va Fizika fanlari xonalaridagi laboratoriya jihozlari holati tekshirildi. O‘quv jarayonida fan laboratoriyalari o‘quvchilar bilimini chuqurlashtirish va amaliy ko‘nikmalarini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida ta’kidlandi.
O‘rganish yakunida barcha taklif va tavsiyalar ta’lim muassasalari ma’muriyatiga yetkazilib, belgilangan ishlar amalga oshirilishi yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.