Uchrashuvda davlatimiz rahbarining yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan isloh qilish hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan PF-163-sonli Farmoni (10.09.2025 y.) muhokama qilindi. Tadbirda yoshlarga mazkur farmonning mazmun-mohiyati, unda belgilangan vazifalar va imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, yoshlar o‘ziga tegishli savollar bilan murojaat qilib, ularga aniq javoblar olishdi.