Seminarda kunlik hayot tarzimizdagi ekologik odatlar aslida milliy qadriyatlarimizda o‘z ifodasini topganligi haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, ekologik madaniyatni oshirish, atrof-muhitni asrab-avaylash va barqaror taraqqiyot yo‘lida yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, Prezidentimizning 2025-yil 15-maydagi PQ–184-son qarori ijrosida yoshlarning o‘rni, ularning tashabbuskorligi va mas’uliyati haqida fikr almashildi.