XALQ DEPUTATLARI BANDIXON TUMANI KENGASHI
O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq mahallalarda aholi va deputatlar uchrashuvlari o‘tkazilmoqda
Bandixon tumani “Limonzor” mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati S.Shaydilov ishtirokida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.Muloqot davomida deputatlar tomonidan saylovchilarga o‘tgan davr mobaynida deputatlik faoliyatiga doir qilingan ishlar to‘g‘risida axborot berilib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi borasida qilinayotgan ishlar xususida tushuntirish ishlarini olib borildi.Shuningdek S.Shaydilov deputat sifatida xalqning muammolariga yechim topishda ularni doimo qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini aytib o‘tdi.