Hududlarni rivojlantirish borasida belgilangan vazifalar ijrosi hamda “Mahalla yettiligi”– Kengash – Senat” uch bo‘g‘inli hamkorlik tizimi samaradorligini yanada oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 15-yanvar kunidagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35–V-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash uchun xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputati M.Kenjayeva tomonidan “Oriyat” MFY yettiligi bilan birgalikda mahallada fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.