Yangiliklar

Munosabat

9-iyun kuni Kuksaroy qarorgohida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya Bosh vaziri Robert Fiko uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar davomida ikki davlat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar siyosiy, iqtisodiy va madaniy yo‘nalishlardagi hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirdi. Uchrashuv yakunida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqishga kelishildi.