Yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI

So‘nggi yillarda mamlakatimizda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish orqali inson huquqlari va erkinliklari, uning qonuniy manfaatlarini himoya qilish muhim ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylandi.

Shu boisdan, Termiz shahar “Namuna” mahalla fuqarolar yig‘inida shahar Kengashi deputati M.Sidikova hamda shahar Adliya bo‘limi xodimlari ishtirokida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Muloqot davomida deputat tomonidan saylovchilarga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazilib, Adliya organlari vakolatlari doirasida hal etiladigan masalalar bo‘yicha huquqiy muammolarni joyida hal etish choralari ko‘rildi.

Uchrashuv yakunida saylovchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi. Aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan galdagi vazifalar ham belgilab olindi.

Slide 1 of 1