Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Gulsara Rizayeva, “Mirishkor” va "Laylakko‘l" mahalla yettiligi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda “mahalla yettiligi” tizimi vakillari, bir guruh faollar ishtirokida o‘tgan uchrashuvda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida qilinayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, qabulga kelgan fuqarolar bilan yakka tartibda o‘tkazgan o‘zaro suhbatlar chog‘ida ularning yashash sharoitlari, oilaviy ahvoli va muammolari bilan yaqindan tanishdilar. Aniqlangan muammolarga yechim topish bo‘yicha “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rilishi belgilab olindi.