Jalaquduq tumani Toshmatov ko`chasi xonadonlariga suv bosayotganligi to`g`risida axoli tomonidan murojaat bo`lgan.
Ushbu murojaat bo`yicha tuman Kengashi deputati Ergashvoy Qurbonov tomonidan borib o`rganildi. O`rganish jarayonida Toshmatov ko`chasida yashovchi fuqarolar Ortiqov Dilshod va Zokirov Muzaffarlar xonadonidan o`tgan ariqning suv yo`liga har hil chiqindilar to`planganligi xamda suv yetadigan tarnovni eskirganligi oqibatida suv toshqini sodir bo`lganligi aniqlandi. Xozirda ushbu xolatlar bartaraf qilingan.