Tuman hokimi, Xalq deputatlari Jalaquduq tuman kengashi raisi, 1-sektor rahbari H.Latipov ishtirokida Do`ngqishloq MFY yoshlari bilan muhim uchrashuv bo`lib o`tdi.
Bunda Ko`ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz yoshlari bilan qilgan
muloqotida yoshlarga yaratilayotgan yangi imkoniyatlar bo`yicha qizg`in davra suhbatlari olib borildi.
Unda yoshlar hayoti va kelajagiga daxldor bir qator masalalar muhokama qilindi. Uchrashuvda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida, yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, bandligini ta`minlash hamda muammolarini bartaraf etish masalasida fikr almashildi.
Yoshlar turli masalalar yuzasidan sektor rahbariga o`zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi.
Har bir savol, masalaga aniq va atroflicha javob berilishi bilan birga, yoshlarni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish bo`yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi. Uchrashuv tadbirida tuman Kengashi deputatlari O.Qaxxorova, G.Umarovalar ishtirok etdilar.