Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
янв.21
Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda
янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
DEHQON XO‘JALIGI – QISHLOQ XO‘JALIGI RIVOJINING MUHIM TAYANCHI

DEHQON XO‘JALIGI – QISHLOQ XO‘JALIGI RIVOJINING MUHIM TAYANCHI

O‘zbekiston Respublikasining “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 13-yanvarda qabul qilingan hamda Senat tomonidan 2021-yil 12-martda ma’qullangan.

Mazkur Qonun dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish va ularning faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish, dehqon xo‘jaligi a’zolarining huquq va majburiyatlarini belgilash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda aholining bandligi va daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.

Qonunga muvofiq, dehqon xo‘jaligi fuqarolarning ixtiyoriy ravishda tashkil etiladigan, oila a’zolarining mehnati asosida faoliyat yurituvchi qishloq xo‘jaligi subyektidir. Dehqon xo‘jaliklari yer uchastkalaridan samarali foydalanib, sabzavot, poliz, meva, chorvachilik, parrandachilik va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish orqali ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

Qonunda dehqon xo‘jaliklarining yer va mol-mulkdan foydalanish tartibi, mahsulot yetishtirish va realizatsiya qilish huquqlari, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, shuningdek ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga oid normalar belgilangan.

Bugungi kunda dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirish oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, oilalar farovonligini oshirish hamda qishloq hududlarining iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat ega.