Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
янв.21
Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda
янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
SESSİYA QARORİ AMALDA: UZUN TUMANİDA YOSHLARNİNG YOZGİ TA’TİLİ QANDAY TASHKİL ETİLMOQDA?

SESSİYA QARORİ AMALDA: UZUN TUMANİDA YOSHLARNİNG YOZGİ TA’TİLİ QANDAY TASHKİL ETİLMOQDA?

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 2026-yil 2-iyuldagi VII-17-40-8-118-K/26-sonli sessiya qarori ijrosini ta’minlash hamda tumanda “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida yoshlarning yozgi ta’til davridagi bo‘sh vaqtini mahallalar va umumta’lim maktablarida mazmunli hamda samarali tashkil etish borasidagi ishlar qat’iy nazoratga olingan.
Mazkur sessiya qarorida belgilangan vazifalarning hayotga tatbiq etilish holatini joyiga chiqqan holda o‘rganish maqsadida, Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyat mudiri O‘.Rajabov hamda deputat D.Yodgorova tomonidan tumandagi bolalar va o‘smirlar sport maktabida (BO‘SM) o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganishlar davomida Kengash qaroriga muvofiq quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

Sport to‘garaklarining faoliyati: Yoz mavsumida o‘quvchi-yoshlarning sport turlariga qamrab olinganlik darajasi va murabbiylarning dars o‘tish jarayonlari;

Shart-sharoitlar: Sport zallari, maydonchalar va kerakli sport jihozlarining shayligi, xavfsizlik choralarining ko‘rilganligi;

Mahalla yoshlari qamrovi:

Sport maktabiga yaqin bo‘lgan mahallalardagi uyushmagan va vaqtincha band bo‘lmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazish uchun yaratilgan imkoniyatlar.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha sport maktabi rahbariyati va mas’ul murabbiylarga sessiya qarori talablaridan kelib chiqib, yoshlar qamrovini yanada oshirish hamda mahallalardagi “Yoshlar yetakchilari” bilan hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.