Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Mahalla yettiligi» faoliyati va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Jalaquduq tumanida infratuzilmani yaxshilash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yoshlar festivali” ko‘tarinki ruhda o‘tdi
янв.21
24 TA TAVSIYA Bozorlarda narx-navo barqarorligi – deputatlar e’tiborida
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 25-iyun kuni Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva raisligida o‘tkazilib, unda shahar hayoti va aholi farovonligiga daxldor bir qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Sessiya kun tartibidagi asosiy masalalardan biri — “Olmazor tajribasi” asosida Qo‘qon shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi to‘g‘risidagi masala bo‘ldi.

Mazkur masala yuzasidan Qo‘qon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari O.Qurbonovning hisoboti tinglanib, shaharda yangi yondashuvlar asosida tashkil etilgan loyiha ofislarining faoliyati, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Xususan, shahardagi gavjum ko‘chalarda 24/7 xizmat ko‘rsatish tizimini joriy etish, “Qo‘qonsoy” va Katta Farg‘ona kanali bo‘yi hududlarini obodonlashtirish, zamonaviy “Yashil yo‘lak”lar tashkil etish, turizm va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish hamda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Sessiya davomida deputatlar tomonidan masala yuzasidan taklif va mulohazalar bildirilib, rejalashtirilgan loyihalarning ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Muhokamalar yakunida “Olmazor tajribasi” asosida Qo‘qon shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi ma’qullanib, tegishli qaror qabul qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3