Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala o'rganildi

Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala o'rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J.Donayev o‘zi saylangan saylov okrugidagi “Zarbdor” mahallasida bo‘lib, tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan o‘rganish olib bordi.

O‘rganish davomida mahalladagi kriminogen vaziyat, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, profilaktik tadbirlarning samaradorligi hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mahalla profilaktika inspektori bilan muloqot o‘tkazilib, hududda mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tinglandi. Ayniqsa, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar va bildirilgan takliflar tuman Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi hamda sessiyasida muhokama etish uchun umumlashtirib borilishi belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2