Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Yoshlar maslahat guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi

Yoshlar maslahat guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Yoshlar maslahat guruhi raisi Tursunov Shahriyor olib bordi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 26-fevraldagi KQ-102-V-sonli qarori hamda Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining 2025-yil 9-iyundagi VII-8-69-8-113-K/25-son qarori ijrosi doirasida Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini yanada samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida Yoshlar maslahat guruhi tomonidan 2026-yil boshidan buyon hamda may–iyun oylari davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi ko‘rib chiqildi. Bu davrda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning muammolarini o‘rganish, bandligini ta’minlash, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish borasida olib borilgan ishlar yuzasidan axborotlar tinglandi.

Yig‘ilishda yoshlar siyosatini amalga oshirish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda faol ishtirok etish, hududdagi yoshlar muammolarini aniqlash va ularga amaliy yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar hamda rejalar belgilab olindi.

Muhokamalar davomida Yoshlar maslahat guruhi a’zolari tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda mahallalarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan qator taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilab berilib, kelgusidagi faoliyat rejasi yuzasidan kelishib olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 6