Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari

                      Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputatlari va Kengash kotibiyati xodimlari tomonidan joylardagi o‘rganishlar izchil davom ettirilmoqda. Xususan, Kengash kotibiyati mudiri, hudud deputati I.Jo‘rayev, Kengash bosh mutaxassisi, deputat Yo.Tadjibayeva hamda bosh mutaxassis M.Salibayevalar tomonidan “Tuyalas” mahalla fuqarolar yig‘inida nazorat tartibidagi o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi: · Kambag‘allikni qisqartirish: Mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, ularning daromad manbalarini yaratish va tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar
samaradorligi tahlil qilindi.
· Yoshlar siyosati va bandlik: Mahalla yoshlar yetakchisining faoliyati, yoshlar bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yo‘naltirilayotgan ijtimoiy ko‘maklarning natijadorligi ko‘zdan kechirildi. Joriy etilgan mahallabay ishlash tizimining samaradorligini oshirish va aholi farovonligini ta’minlash borasidagi bu kabi nazorat tadbirlari tumaning boshqa hududlarida ham izchil davom etmoqda. 

   

Slide 1 of 4