Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Mahalla yettiligi» faoliyati va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Jalaquduq tumanida infratuzilmani yaxshilash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yoshlar festivali” ko‘tarinki ruhda o‘tdi
янв.21
24 TA TAVSIYA Bozorlarda narx-navo barqarorligi – deputatlar e’tiborida
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati T.Shomansurov, O‘zLiDeP partiyasi Olmazor tuman Kengashi xodimi Sh.Inaganova hamda Yoshlik mahalla fuqarolar yig‘ini raisi K.Qo'chqorov ishtirokida Yoshlik MFY hududida aholi murojaatlarini o‘rganish va fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati T.Shomansurov, O‘zLiDeP partiyasi Olmazor tuman Kengashi xodimi Sh.Inaganova hamda Yoshlik mahalla fuqarolar yig‘ini raisi K.Qo'chqorov ishtirokida Yoshlik MFY hududida aholi murojaatlarini o‘rganish va fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy kommunal xizmatlari, ichki yo‘llarni ta’mirlash, bandlikni ta’minlash, ijtimoiy himoya, yoshlar va xotin-qizlar masalalari hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlar yuzasidan qator murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilib, ijrosi muddat talab qiladigan masalalar tegishli tashkilot va mutasaddilar nazoratiga olinib, ularning yechimini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Shuningdek, qabul davomida aholi bilan samimiy muloqot o‘rnatilib, hududni yanada obod qilish, mavjud muammolarni tizimli hal etish hamda fuqarolarning farovon turmushini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Bunday sayyor qabullar aholining dardu tashvishlarini joyida o‘rganish, murojaatlarga tezkor munosabat bildirish hamda davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 7