Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Mahalla yettiligi» faoliyati va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Jalaquduq tumanida infratuzilmani yaxshilash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yoshlar festivali” ko‘tarinki ruhda o‘tdi
янв.21
24 TA TAVSIYA Bozorlarda narx-navo barqarorligi – deputatlar e’tiborida
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Yig‘ilishda Yoshlar ishlari agentligi Boyovut tumani bo‘limi boshlig‘i A.Jabarovning mahallalar va ta’lim muassasalaridagi yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash hamda Boyovut tumani “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.

Muhokamalar davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, madaniyat, san’at va kasb-hunarga yo‘naltirish, yozgi ta’til davrida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bilan qamrab olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning muammolarini hal etishga qaratilgan takliflar muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqilib, ularni Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish uchun tavsiya etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 5