Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Mahalla yettiligi» faoliyati va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Jalaquduq tumanida infratuzilmani yaxshilash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yoshlar festivali” ko‘tarinki ruhda o‘tdi
янв.21
24 TA TAVSIYA Bozorlarda narx-navo barqarorligi – deputatlar e’tiborida
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
MUAMMO O‘RGANILDI VA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

O‘rganishlar davomida Nurafshon mahallasidagi Bog‘ot tumani dehqon bozori hududidan o‘tuvchi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i simining uzilib, xavfli holatda yotgani aniqlandi.

Mazkur holat fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf tug‘dirishi, shuningdek, hududda xavfsiz harakatlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etildi.

Mazkur holat yuzasidan:
️ elektr uzatish tarmog‘ining texnik holatini zudlik bilan o‘rganish;
️ uzilgan simlarni belgilangan tartibda tiklash va xavfsiz holatga keltirish;
️ aholi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish;
️ muammoni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan amaliy ishlarni tashkil etish so‘raldi.

Qonunchilikka muvofiq, deputat so‘roviga 10 kun muddat ichida yozma javob taqdim etilishi belgilangan.