Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Yoshlar maslahat guruhining amaliy ishlari

         Yoshlar maslahat guruhi a’zolari tomonidan Jalaquduq tumanida yoshlarning bandligini ta’minlash va
ularni daromadli mehnat faoliyatiga jalb etish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, Beshkaram mahallasidagi ishsiz yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, ularning asalachilik sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda mazkur yo‘nalishda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari haqida tushuntirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Yoshlarga asalarchilikning afzalliklari, sohadagi zamonaviy yondashuvlar hamda daromad olish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berilmoqda. Bu kabi tadbirlar yoshlarni kasb-hunarga
yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
  

Slide 1 of 6