Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Mahalla yettiligi» faoliyati va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Jalaquduq tumanida infratuzilmani yaxshilash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yoshlar festivali” ko‘tarinki ruhda o‘tdi
янв.21
24 TA TAVSIYA Bozorlarda narx-navo barqarorligi – deputatlar e’tiborida
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi sessiyada muhokama qilindi.

Sessiyada Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Z.Nuriddinovning hisoboti tinglanib, tizimda shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish hamda yoshlar orasida halollik va qonunga hurmat ruhini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda Samarqand shahridagi 84 ta umumta’lim maktabida 109 ming nafardan ortiq o‘quvchi hamda 355 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida 33 ming nafardan ortiq tarbiyalanuvchi ta’lim-tarbiya olmoqda. Tizimda “Korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida qator profilaktik va targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Xususan:

• minglab o‘quvchi va tarbiyalanuvchilar korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus ta’lim dasturlariga qamrab olindi;

• “Halollik”, “Korrupsiyaga murosasizlik” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi;

• o‘quvchilar o‘rtasida insholar va rasmlar tanlovlari o‘tkazildi;

• pedagoglar va o‘quvchilar ishtirokida anonim so‘rovnomalar tashkil qilindi;

• barcha ta’lim muassasalarida “Ishonch telefonlari” va korrupsiyaga qarshi kurashish burchaklari joylashtirildi.
 

 Sessiya yakunida ta’lim tizimida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga qarshi murosasiz muhitni shakllantirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda shaffoflik va ochiqlik tamoyillarini yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.