Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Mahalla yettiligi» faoliyati va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Jalaquduq tumanida infratuzilmani yaxshilash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yoshlar festivali” ko‘tarinki ruhda o‘tdi
янв.21
24 TA TAVSIYA Bozorlarda narx-navo barqarorligi – deputatlar e’tiborida
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
#24_ta_masala Mahalladagi xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati U.Nurmuxamedov o‘z saylov okrugidagi Qoraqo‘yli mahallasida Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov bilan birgalikda  mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati va amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla xotin-qizlar faoli D.Alimova tomonidan 2026-yil boshidan buyon xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Jumladan:

🔹 95 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga kiritilgan;

🔹 2 nafar xotin-qiz doimiy ish bilan ta’minlangan;

🔹 15 nafar xotin-qizning pillachilik yo‘nalishida bandligi ta’minlangan;

🔹 3 ta oilada yarashuvga erishilgan;

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 33-son Farmoni ijrosi doirasida 1-son ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida ota-onalar va o‘quvchilar ishtirokida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazilgan;

🔹 Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida xotin-qizlar bilan muntazam davra suhbatlari tashkil etib kelinmoqda.

O‘rganish jarayonida mahallada xotin-qizlarning muammolarini manzilli hal etish, ularning bandligini oshirish hamda oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar ijobiy baholandi.

Shuningdek, kelgusida xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning daromad manbalarini ko‘paytirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mahallalarda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 4