Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Mahalla yettiligi» faoliyati va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Jalaquduq tumanida infratuzilmani yaxshilash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yoshlar festivali” ko‘tarinki ruhda o‘tdi
янв.21
24 TA TAVSIYA Bozorlarda narx-navo barqarorligi – deputatlar e’tiborida
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
YANGICHEK MAHALLASIDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISHLARI TAHLIL QILINDI

 YANGICHEK MAHALLASIDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISHLARI TAHLIL QILINDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati Y.Axmadaliyev hamda Kengash
kotibiyati bosh mutaxassisi A.Fozilov Yangichek mahalla fuqarolar yig‘inida
hokim yordamchisi tomonidan aholini tadbirkorlikka keng jalb etish, mavjud
biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish
borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini manzilli o‘rgandi.


Deputat yosh tadbirkor M.Tojimatov tomonidan mahallada tashkil etilgan oshxona
hamda uy mehmonxona mebellari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sex faoliyati
bilan yaqindan tanishdi va u yerda yaratilgan sharoitlar, mahsulot sifati hamda
bozor talabiga mos ravishda faoliyat yuritish holati oʻrganilib, faoliyatni
yanada kengaytirish, yangi ish oʻrinlari yaratish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.


Oʻrganishlar yakunida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini
taʼminlash va daromad manbalarini kengaytirish borasidagi ishlarni yanada
jadallashtirish boʻyicha hokim yordamchisiga tegishli taklif va tavsiyalar
berdi.


O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar deputat tomonidan “Deputatning
ko‘cha daftari”ga kiritilib, bartaraf etilishi nazoratga olindi.
  

Slide 1 of 3