Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTAT SO‘ROVI AMALDA

         Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati Umarova Gulnoraxon Abdurashidovna tomonidan Do‘ngqishloq MFY hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining elektr ta’minotidagi muammolar yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi. Mazkur hududda elektr kuchlanishining pastligi sababli: xizmat ko‘rsatish sifati pasaymoqda; — tadbirkorlarning iqtisodiy samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Muammoni bartaraf etish maqsadida:️ mavjud elektr tarmoqlarining texnik holatini o‘rganish;️ Tepasoy ko‘chasida yangi transformator o‘rnatish;️ qo‘shimcha elektr tarmoqlarini qurish;️ tadbirkorlarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaat qilindi. Bu masala hududda yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. 

   

Slide 1 of 3