O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PQ-62-sonli “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash doirasida Do‘ngqishloq MFY hududidan oqib o‘tuvchi Shahrixonsoyning 18,0 km qismida tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan baliqchilikni rivojlantirish, zamonaviy dam olish maskanlari, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu ishlar tuman Kengashi deputati G. Umarova tomonidan o‘rganildi. Mazkur loyihalar hududda yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish hamda turistik salohiyatni yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq, ayni paytda tadbirkorlik subyektlari tomonidan qo‘shimcha savdo va xizmat ko‘rsatish binolarining qurilishi natijasida elektr energiyasi ta’minotida kuchlanish pastligi kuzatilayotgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu holat yuzasidan muammoni bartaraf etish, elektr ta’minoti sifatini yaxshilash hamda tadbirkorlik subyektlarining barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida tuman elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik so‘rovi tayyorlanmoqda.