Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat G.Xudoyarova ishtirokida tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi xodimlari uchun targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Muloqot davomida “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, sohadagi yangi tartib-taomillar va aholi bilan ishlashda qonun ustuvorligini ta’minlash masalalari tushuntirildi. Maqsad — tizim xodimlarining huquqiy bilimini oshirish va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashdir.
✅ Ma'lumot uchun: Mazkur Qonun 2020-yil 20-oktabrda qabul qilingan bo‘lib, sohaga oid 10 dan ortiq normativ hujjatlarni birlashtirgan.