Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining 2026-yil aprel oyi uchun ish rejasi tasdiqlandi
янв.21
Oyim qishlog`ida ochiq muloqot: dolzarb muammolarga yechimlar belgilab olindi
янв.21
Jalaquduqda chigit ekish ishlari jadal: sifat va muddat ustuvor nazoratda
янв.21
Tuman fermer xo`jaliklarida chigit ekish ishlari o`rganildi va nazorat kuchaytirildi
янв.21
15-MTTMda rekonstruksiya ishlari o`rganildi
янв.21
Dolzarb mavzular muhokamada
янв.21
Jalaquduq tumanida aholi va yoshlar bilan ochiq uchrashuv bo`lib o`tdi
янв.21
Yoshlar ovozi eshitildi: Yangisorda ochiq muloqot
янв.21
“Payshanba — yoshlar kuni”: tuman Kengashida yoshlar bilan muloqot bo`lib o`tdi
янв.21
YOSHLAR KUNI DOIRASIDA DEPUTAT TASHABBUSI
Taxiatoshda kanalizatsiya tizimi yangilanmoqda

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, “Nurli kelajak” mahallasi 20-Seytmuratov saylov okrugidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich tumanda olib borilayotgan kanalizatsiya tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

🚧 Ma’lumki, bugungi kunda tumanda kanalizatsiya infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlangan. Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 486-sonli qaroriga asosan amalga oshirilib, “Jahon banki”ning 78 mln dollar mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilmoqda.

📊 Loyiha doirasida:

▪️ 77,5 km kanalizatsiya tarmoqlari quriladi

▪️ 6 ta nasos stansiyasi barpo etiladi

▪️ Zamonaviy infratuzilma yaratiladi

📈 Loyiha to‘liq amalga oshirilgandan so‘ng:

▪️ aholining kanalizatsiya bilan ta’minlanish darajasi 13% dan 42% ga oshadi

▪️ oqova suvlar qayta ishlanib, texnik va xo‘jalik maqsadlarida foydalanish imkoni yaratiladi

▪️ qayta ishlangan suvni tomorqa yerlarga yetkazib berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi

🌱 Bu kabi ishlar hudud obodonchiligi, ekologik barqarorlik va aholi turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4