Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Mahalla yettiligi» faoliyati va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Jalaquduq tumanida infratuzilmani yaxshilash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yoshlar festivali” ko‘tarinki ruhda o‘tdi
янв.21
24 TA TAVSIYA Bozorlarda narx-navo barqarorligi – deputatlar e’tiborida
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Navbatdagi sayyor qabul Mustaqillikning 22 yilligi mahallasida bo‘lib o‘tdi

Navbatdagi sayyor qabul Mustaqillikning 22 yilligi mahallasida bo‘lib o‘tdi

Uzun tuman hokimi, xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 6-Obizarang saylov okrugidan saylangan deputat Xabibulla Bozorov "Mustaqillikning 22 yilligi" mahallasida aholi bilan sayyor qabul o‘tkazdi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan 20 dan ortiq murojaatlar bildirilgan bo‘lib, ularning aksariyati ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga taalluqli bo‘ldi.

Xususan, yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi va elektr ta’minotini yaxshilash, ijtimoiy yordam hamda bandlik masalalari yuzasidan murojaatlar tinglandi. Hokim tomonidan mas’ullarga har bir murojaatni o‘rganib, belgilangan muddatlarda hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Sayyor qabullar aholi muammolarini joyida hal etish va fuqarolar bilan ochiq muloqotni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.