Unda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, moliya, adliya, tibbiyot, ta’lim, ijtimoiy xizmatlar hamda kommunal soha rahbarlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda sohalar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, mavjud muammolar ochiq muhokama etildi. Aholi murojaatlari bilan ishlash, qonuniylikni ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Deputatlar tomonidan berilgan savollar va takliflar asosida mas’ullarga aniq topshiriqlar yuklatildi. Belgilangan vazifalar ijrosi qat’iy nazoratga olindi. Davlatobodda ochiq muloqot va tizimli ishlash tamoyili ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda.