Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Mahalla yettiligi» faoliyati va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Jalaquduq tumanida infratuzilmani yaxshilash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yoshlar festivali” ko‘tarinki ruhda o‘tdi
янв.21
24 TA TAVSIYA Bozorlarda narx-navo barqarorligi – deputatlar e’tiborida
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Mirobod tumanida migratsiyadagi yoshlarning taklif va muammolarini tinglandi

Yoshlar bu – har bir davlatning strategik resursi, kelajak taraqqiyoti va barqarorligini ta’minlovchi asosiy inson kapitali. Ularning xorijdagi ta’lim va mehnat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda olingan bilim va tajribani Vatanga olib qaytish O‘zbekistonning migratsiya siyosatida alohida ahamiyatga ega. Bu siyosat yoshlarning malakasini oshirish, ularni xalqaro bozorda raqobatbardosh qilish va mamlakat taraqqiyotiga samarali hissa qo‘shishga qaratilgan. 

Shu munosabat bilan, bugun, Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov va tuman prokurori Bobur Abdullayev va Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi G.Kulmatovalar tomonidan migratsiyadagi yoshlar bilan onlayn-muloqot tashkil etildi. 

Uchrashuvda tuman hokimi o‘rinbosari, yoshlar yetakchilari va tuman bandlik bo‘limi vakillari ishtirok etdilar.

Anvar Sayfutdinov yoshlarga murojaatini shunday boshladi:

“Har bir yosh – bu Vatanimiz kelajagi. Siz, aziz yoshlarga, har tomonlama ko‘mak berishni, xorijdagi faoliyatingizda yuzaga keladigan muammolarni tinglab, amaliy yechimlar topishni o‘zimizga ustuvor vazifa sifatida belgilab olganmiz. Migratsiya – faqat ishlash yoki ta’lim emas, balki bilim va tajriba bilan yurtga qaytish, o‘z mahallangiz, jonajon Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shish demakdir. Umid qilamanki, har biringiz ushbu oddiy haqiqatni chuqur his etib, kelajakda yurtimiz uchun munosib fidoyi insonlar sifatida xizmat qilasizlar”

Slide 1 of 9