Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O`zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan muhokama
янв.21
Deputat tomonidan ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasasida yaratilgan sharoitlar o`rganildi
янв.21
Jalaquduq tuman Kengashi deputatlari ishtirokida strategik vazifalar muxokamasi
янв.21
“O`zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan muhokamalar
янв.21
62-DIUM faoliyati nazorat tartibida o`rganildi
янв.21
Farzand – oila quvonchi, Vatan va jamiyat tayanchi!
янв.21
Prezidentimiz murojaatnomasi bo`yicha targ`ibot tadbiri
янв.21
Bolajonlar qalbida vatanparvarlik tuyg`ularini shakllantirish yo`lida
янв.21
Jalaquduq tumanida Prezident Murojaatnomasi mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Prezident Murojaatnomasi muhokamasiga bag`ishlangan davra suhbati
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan saylovchilar bilan uchrashuv

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi qaroriga muvofiq, 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni etib belgilangan bo‘lib, ushbu sana butun dunyo bo‘ylab keng nishonlanadi. Mazkur kunning asosiy maqsadi — aqlan va jismonan imkoniyati cheklangan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash hamda ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdan iboratdir.

Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-Uch yog‘och – Qarabog‘ saylov okrugidan saylangan deputati K. Xashimova o‘z hududidagi nogironligi bo‘lgan saylovchilar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida deputat ularning holidan xabar oldi, mavjud muammolarini tingladi hamda zarur yordam ko‘rsatish masalalarini o‘rganib chiqdi.

Slide 1 of 4