Prezidentimiz murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalarni aholi, ayniqsa yoshlar orasida keng targ`ib etish maqsadida xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati Sh.Shermatov tomonidan 13-sonli umumta`lim maktabida targ`ibot tadbiri o`tkazildi.
Tadbir davomida Prezident murojaatnomasida ta`lim tizimini rivojlantirish, yoshlar tarbiyasi, ilm-fan va ma`naviyatni yuksaltirish, qonun ustuvorligini ta`minlash kabi muhim yo`nalishlarga alohida e`tibor qaratildi. Deputat Sh.Shermatov ushbu vazifalarning mazmun-mohiyatini o`qituvchi va Kapa MFY faollariga tushuntirib, ularni faol, tashabbuskor va vatanparvar bo`lishga chorladi. Shuningdek, tadbirda ta`lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda yoshlar uchun berilayotgan imkoniyatlar
haqida fikr almashildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o`zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldilar.