O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O`zbekiston xalqiga Murojaatnomasida ta`lim sohasini rivojlantirish, yosh
avlodni zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga ega, raqobatbardosh mutaxassislar qilib tayyorlash masalalariga alohida e`tibor qaratilgan. Shu munosabat bilan 26-umumtalim maktabda tashkil etilgan davra suhbatida Murojaatnomada belgilangan ta`lim yo`nalishidagi
ustuvor vazifalar, xususan, maktabgacha va umumta`lim tizimini takomillashtirish, oliy ta`lim sifati va qamrovini oshirish, ilmiy-tadqiqot va
innovatsiyalarni qo`llab-quvvatlash, pedagog kadrlarning nufuzini yuksaltirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Davra suhbati davomida deputat N.Abdumuminova so`zga chiqib, ta`lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmuni, ularning ijtimoiy ahamiyati
hamda joylarda samarali ijrosini ta`minlash bo`yicha fikr-mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, ta`lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan takliflar ilgari surildi. Tadbir ishtirokchilari Murojaatnomada belgilab berilgan vazifalarni hayotga tatbiq etishda barcha mutasaddi tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish zarurligini ta`kidlab, ta`lim sohasidagi islohotlar mamlakat taraqqiyotining muhim omili ekanini alohida qayd etdilar.