Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
62-DIUM faoliyati nazorat tartibida o`rganildi
янв.21
Farzand – oila quvonchi, Vatan va jamiyat tayanchi!
янв.21
Prezidentimiz murojaatnomasi bo`yicha targ`ibot tadbiri
янв.21
Bolajonlar qalbida vatanparvarlik tuyg`ularini shakllantirish yo`lida
янв.21
Jalaquduq tumanida Prezident Murojaatnomasi mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Prezident Murojaatnomasi muhokamasiga bag`ishlangan davra suhbati
янв.21
Yurtimiz tarixida muhim siyosiy voqelik — Yurtboshimiz tomonidan Oliy Majlis va xalqimizga navbatdagi Murojaatnoma yo`llandi. Ushbu Murojaatnomada bayon etilgan ustuvor yo`nalishlar, islohotlar va strategik vazifalar mamlakatimizning bugungi taraqqiyotini yanada jadallashtirish, kelajak avlod uchun mustahkam poydevor yaratishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
янв.21
Maktabda Prezident murojaatnomasi asosida targ`ibot uchrashuvi o`tkazildi
янв.21
Murojaatnoma — xalq bilan muloqot va kelajak rejalarining mustahkam asosi
янв.21
Haqiqat MFYda elektr ta`minoti muammolari ijobiy hal etildi
#jarayon

Deputat tomonidan ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Yurtimizda ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, o‘quvchi va tarbiyalanuvchilarga qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini ta’minlash borasida izchil ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati D.Zulyorova tomonidan hududdagi 23-umuta’lim maktabi va 8-maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘rganish ishlari olib borildi. Tashrif davomida deputat muassasalarning binolari, isitish tizimi, tom qismi, deraza va eshiklarning holati, elektr tarmoqlari, ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimlarining ishlash darajasi bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, o‘quv xonalari va bolalar guruhlarining gigiyena talablariga muvofiqligi, xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi, dars va mashg‘ulot jarayonlari uchun zarur bo‘lgan o‘quv jihozlari bilan ta’minlanish holati ham ko‘zdan kechirildi.

Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi!

Slide 1 of 1