“Adolat" SDP Bekobod shahar Kengashi raisi, Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi deputati G.Sharipova “Sayxun” mahalla aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-noyabrdagi "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida"gi O‘RQ-803-sonli qonunning mazmun-mohiyati aholiga tushintirildi.
Jumladan, ushbu qonunning amal qilishi ko‘chmas mulkning binolarga, inshootlarga, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlarga, ko‘p yillik dov-daraxtlarga va mulkiy majmua sifatidagi korxonalarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga nisbatan tatbiq etilishi aytib o‘tildi. Shuningdek, mahalla muammolarini o‘rganish jarayonida “Sayxun”, “Yorqin” va Nizomiy ko‘chalarida elektr energiya quvvati me’yoridan past darajada bo‘lganligi sababli maishiy texnikalar ishlamayotganligi haqida murojaatlar bo‘ldi. Murjaatning yechimi bo‘yicha mas’ul tashkilotga deputatlik so‘rovi bilan chiqishga kelishib olindi.