Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va mahalla hamkorligi orqali fuqarolar muammolarini hal etish tashabbusi
янв.21
“Akcha” mahallasidan deputatlar tashrifi
янв.21
"Deputat-maxallada" loyihasi doirasida
янв.21
Adolat" SDP deputatlik guruhi tuman poliklinikasida onkologiya bo‘limi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
“Ma’naviyat va bilim-korrupsiyaga qarshi qo‘ldagi qurol”
янв.21
"Kambag‘illikdan-farovonlik sari" davlat dasturi ijrosini mahallarda o‘rganishlar yuzasidan
янв.21
Halq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining VII-chaqiriq 11-sessiyasi
янв.21
“Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida targ‘ibot uchrashuvi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurash – yuksak huquqiy madaniyat va fuqarolik mas’uliyatidir
янв.21
“Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi” mavzusidagi tadbirlar davom etmoqda.
“Akcha” mahallasidan deputatlar tashrifi

 Jalaquduq tuman Kengashining bir guruh deputatlari “Akcha” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari bilan tanishdilar. Tashrifda viloyat va tuman Kengashi deputatlaridan I.Jo‘rayev xamda O.Nosirov, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi bosh
mutaxassisi S.Xasanovlar ishtirok etdilar. Ular mahalladagi ko‘chalarni ta’mirlash, yoritish tizimini yangilash, yashil hududlarni kengaytirish hamda aholi uchun qulay infratuzilma yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Deputatlar ushbu mahallada joylashgan 9-umumta’lim maktabida ham bo‘lib, ta’lim maskanida olib borilayotgan obodonlashtirish va kirib kelayotgan qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdilar. Maktab hududidagi isitish tizimi, xavfsizlik choralari, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Deputatlar mahalla faollari va oqsoqollar bilan
suhbatlashib, fuqarolarning taklif va muammolarini tingladilar. Suhbat davomida aholi tomonidan obodonlashtirish ishlariga faol ishtirok etilayotgani, ko‘ngilli yoshlar tashabbusi bilan ko‘chat ekish va tozalik aksiyalari o‘tkazilayotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, aholi bandligini ta’minlash va oilalar farovonligini oshirish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi. Deputatlar mahallada amalga oshirilayotgan ishlarga ijobiy bahosini berib, bu yo‘nalishda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidladilar.  

Slide 1 of 6