Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va mahalla hamkorligi orqali fuqarolar muammolarini hal etish tashabbusi
янв.21
“Akcha” mahallasidan deputatlar tashrifi
янв.21
"Deputat-maxallada" loyihasi doirasida
янв.21
Adolat" SDP deputatlik guruhi tuman poliklinikasida onkologiya bo‘limi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
“Ma’naviyat va bilim-korrupsiyaga qarshi qo‘ldagi qurol”
янв.21
"Kambag‘illikdan-farovonlik sari" davlat dasturi ijrosini mahallarda o‘rganishlar yuzasidan
янв.21
Halq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining VII-chaqiriq 11-sessiyasi
янв.21
“Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida targ‘ibot uchrashuvi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurash – yuksak huquqiy madaniyat va fuqarolik mas’uliyatidir
янв.21
“Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi” mavzusidagi tadbirlar davom etmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurash – yuksak huquqiy madaniyat va fuqarolik mas’uliyatidir

  Korrupsiya – taraqqiyotga qarshi yo‘naltirilgan jiddiy xatar hisoblanadi. U faqatgina iqtisodiy yoki moliyaviy yo‘qotish emas, balki eng avvalo insonlar ongiga, davlatga bo‘lgan ishonchga zarba beradi. Davlatga, jamiyatga xiyonat, deb baholash mumkin. Shu bois, bu illatga qarshi kurashishda har bir fuqaro, har bir tashkilot, har bir rahbar shaxsiy mas’uliyatini chuqur anglashi zarur. Mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida joriy yil, 5 mart kuni bo‘lib o‘tgan "Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi" yig‘ilishida bu masalaga yana bir bor jiddiy e’tibor qaratilishi jamiyatimizda bu illatga qarshi jiddiy kurashish zarurligini taqozo qilmoqda. Mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohotlar jarayonida korrupsiyani oldini olish borasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini mehnat jamoalarida yo‘lga qo‘yish dolzarb masalaga aylanmoqda. Buning amaliy namunasi sifatida Jalaquduq tumani tibbiyot birlashmasida o‘tkazilgan yig‘ilishni keltirish mumkin. Yig‘ilishda tuman xalq deputatlari Kengashi deputati Ergashboy Qurbonov va tibbiyot birlashmasi rahbari Ulug‘bek Umarov ishtirok etib, tibbiyot muassasalarida korrupsiyaning oldini olish, xodimlar o‘rtasida
huquqiy madaniyatni oshirish hamda fuqarolarning davlat tibbiyotiga ishonchini mustahkamlash haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Tadbirda masala yuzasidan aniq tavsiya va vazifalar belgilab olindi. Shifokorlar faoliyatida shaffoflikni ta’minlash, bemorlar bilan munosabatda odob-axloq va qonuniylikni ustuvor qilib belgilashga alohida e’tibor qaratildi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, korrupsiyaga qarshi kurash bu na faqat davlat organlarining vazifasi, balki jamiyatning barcha qatlamlari, avvalo aholining faol ishtiroki
orqali amalga oshishi lozim.
Har bir ota-ona, har bir ustoz, har bir rahbar shaxsan o‘zi korrupsiyaga qarshi
kurashchi bo‘lmas ekan, qonunlar qancha mukammal bo‘lmasin, pirovard natijaga erishish qiyin.
Zero,korrupsiyaga qarshi kurashish – bu doimiy harakat, ogohlik va mas’uliyatdir. Unga qarshi kurashish esa – o‘z kelajagimiz, farzandlarimizning tinch hayoti, adolatli jamiyatni qurish yo‘lidagi eng muhim va zarur qadamdir.  

Slide 1 of 7