Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputat va yoshlar" uchrashuvi tashkil qilindi
янв.21
Deputat Nilufar Mirabdullayeva mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ta'lim muassasada uchrashuv
янв.21
Senat Kengashi qarorlari targ‘iboti faol olib borilmoqda
янв.21
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan "Boburdek seving vatanni" shiori ostida maktab-internatda tadbir oʻtkazildi.
янв.21
G‘azal mulkining sultoni, o‘zbek tili asoschisi, hazrati mir Alisher Navoiyning 584 yilligi qarshi olindi.
янв.21
Еттинчи чақириқ Халқ депутатлари Избоскан туман Кенгашининг учинчи сессияси бўлиб ўтди
янв.21
Qo‘chqarov Jasurbek Mansurali o‘g‘li 18-“Yangizamon” saylov okrugi deputati
янв.21
Karimov Ilyosbek Usmonovich 14-“Namuna” saylov okrugi deputati
янв.21
Abdullayev Abdulxafiz Axmadjonovich 13-“Lo‘g‘imbek” saylov okrugi deputati
янв.21
Urishev Abbosbek Muhtorjonovich 8-“Botirobod” saylov okrugi deputati
YANGI 2025-YIL BILAN
Aziz tumandoshlar!
Kirib kelgan Yangi 2025-yil bilan barchangizni samimiy muborakbod etaman!
Joylarda ijtimoiy ahamiyatga molik yirik investitsiyaviy loyihalar ishga tushirildi, mahallalar va ijtimoiy obyektlar infratuzilmasi kapital ta’mirlandi, yangi bog‘cha, yangi qishki suzish havzasi, zamonaviy mahalla guzari barpo etildi, poytaxtimiz turistik jozibadorligi oshishiga xizmat qiluvchi 24/7 rejimda ishlaydigan gastronomik ko‘cha foydalanishga topshirildi.
Albatta, bu ulkan o‘zgarishlarning barchasi tuman aholisining turmush darajasi va daromadlari oshishiga xizmat qilib kelmoqda.
Islohotlar samarasini o‘z taqdirida, kundalik hayotida ko‘rayotgan har bir tumandoshimiz qalbida bugunidan rozi bo‘lish, ertangi kunga mustahkam ishonch tuyg‘usi mujassam.
Ulkan bunyodkorlik jarayonlari sur’ati yangi marralar sari ruhlantirmoqda. Davlatimiz rahbari belgilab bergan taraqqiyot strategiyasi, xalq manfaati, “Inson qadri uchun, inson baxti uchun!” degan oliy maqsad - odamlarni hayotdan rozi qilish maqsadi – doimo faoliyatimizning bosh mezoni bo‘lib qolaveradi.
Fursatdan foydalanib, butun tumanimiz ahlini kirib kelgan 2025-yil bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt- saodat, Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Yangi yilda xonadoningizdan fayz- baraka, shodlik, tinchlik va osoyishtalik arimasin! Yangi 2025-yilning qadami qutlug‘ va barakali kelsin!
Yangi yil bilan, aziz mirobodliklar!
Hurmat bilan, Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengash raisi Anvar Sayfutdinov