Urganch shahar Gulzor mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolar tomonidan ichki yo‘llarni ta’mirtalab holatga kelib qolganligi yuzasidan murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatni amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘rganish maqsadida xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputatlari N. Mаshаripovа hamda P.Ro‘ziboyevlar tomonidan joyiga chiqildi. Murojaatda nazarda tutilgan yo‘lak hamda hududdagi boshqa yo‘laklar ham tahlil etilib, aholining haqli e’tiroziga sabab
bo‘layotgan ta’mirlanishi lozim bo‘lgan ichki yo‘llar ro‘yxati shakllantirildi. Endilikda mazkur masalalarni tegishliligiga ko‘ra mas’ul tashkilotlarga deputat murojaati va so‘rovi institutidan foydalangan holda yo'naltirish orqali bartaraf etishga kelishib olindi.