Yangiliklar

Kichik Naymancha mahallasida tungi yoritish va infratuzilma ishlari deputat nazoratida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati F. Islomova o‘z saylov okrugidagi Kichik Naymancha mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish hamda tungi yoritish holatini o‘rgandi.

2026-yil davomida mahallada amalga oshirilgan ishlar e’tiborga molik. Jumladan, 96 dona yoritish chiroqlari o‘rnatildi. Shuningdek, 12 dona yuqori kuchlanishli va 9 dona past kuchlanishli simyog‘ochlar o‘rnatilib, jami 900 metr elektr tarmog‘i tortildi.

E’tiborlisi, ushbu ishlarning barchasi aholi hamjihatligi asosida hashar yo‘li bilan amalga oshirildi.

Deputat tomonidan o‘rganishlar davomida amalga oshirilgan ishlar sifati, ayniqsa tungi yoritish tizimi aholiga yaratilayotgan qulayliklar nuqtai nazaridan alohida e’tirof etildi.

Slide 1 of 4