“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Izboskan tumani hududlarida keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Xalq deputatlari Izboskan tumani Kengashi deputatlari tomonidan mahallalarda daraxt va manzarali ko‘chatlar ekish ishlari tashkil etilib, atrof-muhitni yanada obodonlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur tadbirlarda mahalla faollari, yoshlar hamda jamoatchilik vakillari ham faol ishtirok etib, hududlarni yashil hududga aylantirishga o‘z hissalarini qo‘shmoqda. “Yashil makon” loyihasi kelajak avlod uchun ekologik toza muhit yaratish va tabiatni asrashda muhim ahamiyat kasb etadi.