Yangiliklar

Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputatlari G.Raimova hamda J.Yoqubovlar saylov okrugi hududidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini o‘rgandilar.

Yaratilgan shart-sharoitlar, mashg‘ulotlarning tashkil etilishi, tarbiyaviy jarayonlar zamonaviy maktabgacha ta’lim talablari asosida tahlil qilindi. Guruh xonalari talab darajasida jihozlangani, mashg‘ulotlar kun mavzusi asosida reja asosida olib borilayotgani ijobiy baholandi.

Bolalarning mashg‘ulotlarda mustaqil fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish darajasi pastligi qayd etildi.

Zamonaviy pedagogik yondashuvlarni keng joriy etish yuzasidan tegishli yondashuvlarni amaliyotga joriy etish bo'yicha tavsiyalar berdilar.

Slide 1 of 7