Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashining 2026-yil 27-mart sanasida bo‘lib o‘tgan sessiyasida "Guliston shahridagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida"gi masala ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qaroriga muvofiq, Guliston shahar obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun manzilli ro‘yxati tasdiqlandi
✅Unga ko‘ra, shahrimizning bir qator mahallalarida asfalt qoplamali yo‘llarni ta’mirlash hamda tuproq yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari 2026-yilda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
🔺🔺 Markaziy va ichki ko‘chalarda ta’mirlash ishlari:
📍 Shahar markaziy ko‘chalari:
Birlashgan ko‘chasi
Guliston ko‘chasi
X. Do‘stligi ko‘chasi
Xondamir ko‘chasi
📍 Shahar ichki hududlari:
Navbahor MFY – Davr ko‘chasi
Nihol MFY – Sportchilar, Alpomish, Oybek, So‘g‘diyona, U. Yusupov, Taraqqiyot ko‘chalari
Nurafshon MFY – Abay, Bunyodkor ko‘chalari
Ma’naviyat MFY – Sadaf ko‘chasi
Madaniyat MFY – Ezgulik, A. Temur ko‘chalari
Obod yurt MFY – Ibn Sino ko‘chasi
Ulug‘ yo‘l MFY – Ahillik, Nodirabegim ko‘chalari
🔻 Tuproq yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari:
📍 Bahor MFY:
Qabristonga olib boruvchi yo‘l
Go‘zallik berk
Yoshlar, Yoshlar-1 ko‘chalari
Yangi loyiha, Zabardast, Yangi yo‘l ko‘chalari
📍 Do‘stlik MFY:
Mirishkorlar, Murabbiylar
Ravnaq berk
Sohil bo‘yi
Cho‘lpon berk ko‘chalari
📍 Sohil MFY:
Bog‘i ravon ko‘chasi
📍 Madaniyat MFY:
O. Xo‘jayeva tor
G‘oliblar ko‘chalari
📍 Ma’naviyat MFY:
Alpomish berk
Bog‘lovchi
Ezgulik berk ko‘chalari
📍 Ulug‘obod MFY:
Iqtidor bog‘lovchi
Qutlug‘qadam tor
Temir yo‘l berk
Shifobaxsh bog‘lovchi ko‘chalari
📍 Ibratli MFY:
Oqibat, Tinchlik
Sohil
Xumoyun tor ko‘chalari
📍 Ulug‘ yo‘l MFY:
Sohibqiron, Shafqat
G‘oliblar berk
Sevinch, Qaldirg‘och ko‘chalari
🔺 Asfalt qoplamali yo‘llarni ta’mirlash:
📍 Yangi hayot MFY:
Olchazor, Tursinzoda ko‘chalari
📍 Shodlik MFY:
Ko‘rkam diyor, Andijon
A. Yassaviy, A. Navoiy tor ko‘chalari
📍 Na’muna MFY:
Yoshlar (Eshonxo‘jayev) ko‘chasi
📍 Ulug‘ yo‘l MFY:
Mirzayev, Alpomish, Ipak yo‘li ko‘chalari
📍 Ibratli MFY:
Obodlik ko‘chasi